Daryo.uz

Главная / О нас / Daryo.uz

Toshkentdagi Great Wall Media kompaniyasi International Arch of Europe mukofoti sohibiga aylandi

Toshkentdagi Great Wall Media kompaniyasi “Oltin” yo‘nalishida International Arch of Europe (IAE) mukofoti sohibiga aylandi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirilgan.

 

Mukofotni topshirish marosimi BID (Business Initiative Directions) kompaniyasining 26-iyun kuni Frankfurtda bo‘ladigan sifat bo‘yicha Xalqaro konvensiyasi vaqtida bo‘lib o‘tadi. Qayd etishlaricha, Great Wall Media BID’ning tarixiy g‘oliblari guruhidan o‘rin oldi — 1986-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan konvensiya bu yil 30-marta tashkil etiladi.

BID kommunikatsiyalar sohasidagi yetakchi kompaniya bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va kommunikatsion loyihalarni muntazam monitoring qilib boradi va sifat kategoriyasi rivojini muvaffaqiyatni belgilash bo‘yicha bosh omil, deb hisoblaydi. Kompaniyaning saralash qo‘mitasi avval g‘olib chiqqan kompaniyalar o‘rtasidagi so‘rovnoma, shuningdek, BID’ning biznes va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro ekspertlari tadqiqotlariga asoslanib, IAE mukofoti uchun nomzodlarni tanlaydi.

Great Wall Media — bir vaqtning o‘zida ham kreativ-byuro, promo-agentlik va dizayn studiyasi hisoblangan kompaniyadir. Kompaniya saytida yozilishicha, u alohida shaxslarga ham, yirik kompaniyalarga ham xizmat ko‘rsata oladi.

ЗАКАЗАТЬ ЗВОНОК

Закажите звонок, и в скором времени мы с Вами свяжемся!

В скором времени мы с Вами свяжемся!